Sunnat Sherov 1974 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
1991-1996 yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti filologiya fakulteti yapon tili va adabiyoti kafedrasida tahsil olgan. Hozirgi vaqtda mazkur institutining aspirantura bo'limi, Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo tillari fakulteti, yapon tili kafedrasida ilmiy izlanuvchisi.
2004 yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti tomonidan S.Sherovning 8000 so‘zdan iborat bo‘lgan “Yaponcha-o‘zbekcha-ruscha lug‘at”i chop etildi.
S.Sherov joriy yilning yanvar oyida Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Tashqi aloqalar uchun kadrlar tayyorlashda xorijiy tillar ta'limi muammolari” mavzusidagi ilmiy-uslubiy konferentsiyasida qatnashgan.
|